Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU qoshidagi akademik litseyning tavsiyanoma olgan bitiruvchilarini TDYU bakalavriatiga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi qanday?

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3308, 2021-yil 9-iyun)ning 4-bandiga muvofiq abituriyentlar uchun suhbat:
akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini;
yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
nutq madaniyatining shakllangani, o‘z fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanini;
umumiy dunyoqarashining shakllangani, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Suhbat savollarni bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://tsul.uz/uz/general-page/dastur⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠