Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Kardiff universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent davlat yuridik universiteti Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Kardiff universiteti (Cardiff university) rahbariyati bilan uchrashdi.

Aytish kerak, delegatsiya Kardiff universiteti rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda universitetlar rahbariyati huquqning turli sohalarida magistratura bo‘yicha qo‘shma dasturlar va doktorantlar (PhD) tayyorlash yuzasidan turli dasturlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida muhokama qilingan ishlarni amalga oshirish yuzasidan ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun: Kardiff universiteti 1883-yilda tashkil etilgan bo‘lib, universitetning 100 ortiq binolarida 40 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi xalqaro reytinglarda turli sohalarda kadr yetishtirish bo‘yicha TOP-100 universitetlar qatorida turadi.