Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Umida Haydarova “TESOL – 2022” mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi

“TESOL” xalqaro uyushmasi, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi hamkorligida Toshkent shahridagi Inha universitetida “TESOL – 2022” mintaqaviy konferensiyasi o‘tkazildi.

Xalqaro anjumanda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 524 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.

Ushbu anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan malakali o‘qituvchilar, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Haydarova ham qatnashdi.

To‘rt kunlik anjuman TESOLning butun dunyodagi a’zolari uchun ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy o‘qitish usullari va pedagogik yondashuvlarini muhokama qilish va tajriba almashish maydoniga aylandi.

Mintaqaviy konferensiyada Umida Haydarova “Concerns of using EMI in teaching process: student voice” mavzusida taqdimot qilib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, TESOL konferensiyasi Markaziy Osiyoda birinchi marotaba o‘tkazilmoqda.