Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ma’muriy va moliya huquqi” jamoasi — “Universitet kubogi” sohibi

Toshkent davlat yuridik universitetida mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Universitet kubogi” musobaqasi yakunlandi.

Toshkent davlat yuridik universiteti va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada TDYU, TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali va TDYU qoshidagi akademik litseydan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnirning finalida “Universitet kubogi” g‘olibligi uchun O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor jamoasi va “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi jamoasi bellashdi.

Qizg‘in va murosasiz bahsning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etilib, uchrashuv taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Unda “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, ilk marotaba o‘tkazilgan “Universitet kubogi” musobaqasining 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin “Ilmiy boshqarma” jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa kubogi, medal, diplom va pul yutuqlari bilan taqdirlandi.