Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUga yakka tartibdagi suhbatga kirish uchun tavsiyanoma berilgan akademik litsey bitiruvchilari e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey bitiruvchilariga tavsiyanomalar berish bo‘yicha Maxsus komissiyaning majlislari bo‘lib o‘tdi.

Komissiya o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplariga asoslangan holda olib bordi.

Maxsus komissiya qarori asosida TDYU prorektori — TDYU qoshidagi akademik litsey direktorining buyrug‘i qabul qilindi.

Ushbu buyruqqa muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibdagi suhbatga kirish uchun tavsiyanoma berilgan akademik litsey bitiruvchilari ro‘yxati bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin:
http://altsul.uz/news/toshkent-davlat-yuridik-universitetiga-yakka-tartibdagi-suhbatga-kirish-uchun-tavsiya-etilgan-akademik-litsey-bitiruvchilari-royxati/⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠