Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU bayrogʻi dengiz sathidan 3099 metr balandlikda koʻtarildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ichki va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi Aukashka (Ov cho‘qqisi) tog‘iga ko‘tarildi.

Dengiz sathidan 3099 metr balandlikda bo'lgan togʻlar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan. Yo'nalish Chorvoq suv ombori va Chimyon tog' yon bag'rlari yaqinidagi xushmanzara joylardan o'tadi. Cho'qqigacha bo'lgan yo'l har ikki tomonlama 22,8 km bo'lib, unga ko'tarilish va tushish 2 km masofani tashkil qiladi.

Sizning e'tiboringizga O'zbekistonning betakror go'zalligi aks etgan bir nechta fotosuratlarni taqdim etamiz va barchangizni ichki turizmning imkoniyatlardan faol foydalanishga chorlaymiz.